Eng yaxshi abituriyentlar uchun grantlar va kontrakt chegirmalari
TIU Andijon filiali iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida grantlar va chegirmalar tizimini e'lon qildi.
Kirish imtihonlarida eng yuqori ball to'plagan abituriyentlar kontrakt narxidan 25% gacha chegirmaga ega bo'ladilar. Xalqaro olimpiada g'oliblari va sertifikatli abituriyentlar (IELTS 6.5+, SAT va boshqalar) uchun alohida imtiyozlar ko'zda tutilgan.
Bundan tashqari, o'qish davomida a'lo baholarga o'qigan talabalar uchun har semestrda rag'batlantiruvchi chegirmalar amal qiladi. Batafsil shartlar bilan qabul komissiyasida tanishishingiz mumkin.


