Yangiliklar

Abituriyentlar uchun ma'lumot kunlari boshlandi

04.08.2026 TIU Andijon axborot xizmati 0 comments 207

TIU Andijon filialida abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun ma'lumot kunlari tashkil etildi. Ular har seshanba va payshanba kunlari soat 15:00 da filial binosida o'tkaziladi.

Ma'lumot kunlarida qatnashchilar o'quv binosi, laboratoriyalar va kutubxona bilan tanishadilar, ta'lim yo'nalishlari, kontrakt narxlari va qabul jarayoni haqida to'liq ma'lumot oladilar.

Qabul komissiyasi vakillari hujjat topshirish tartibi, kirish imtihonlari va grant imkoniyatlari bo'yicha barcha savollarga javob beradi. Ishtirok bepul, oldindan ro'yxatdan o'tish talab etilmaydi.



Izoh qoldiring