Yangiliklar

Filialda zamonaviy kutubxona va laboratoriyalar ishga tushdi

25.06.2026 TIU Andijon axborot xizmati 0 comments 179

Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik doirasida TIU Andijon filialida zamonaviy kutubxona va o'quv laboratoriyalari ishga tushirildi.

Kutubxona fondi 20 mingdan ortiq jildni tashkil etadi va bosh kampusning elektron kutubxonasiga to'liq ulangan — talabalar xalqaro ilmiy bazalardan ham foydalana oladilar. O'qish zallari 100 o'ringa mo'ljallangan.

Uchta kompyuter laboratoriyasi eng so'nggi texnika bilan jihozlangan bo'lib, dasturlash, ma'lumotlar bazalari va til o'rganish mashg'ulotlari uchun xizmat qiladi.

Barcha resurslar talabalar uchun bepul.

Galereya



Izoh qoldiring