Iqtisodiyot

2026/2027 academic year

Daraja:Bachelor

Admissions are open:
Ariza topshirish

4 yil O'zbek 14 000 000 so'm / yil

Qisqacha ma'lumot

Iqtisodiyot yo'nalishi zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida tahlil qila oladigan, qaror qabul qilishga qodir mutaxassislarni tayyorlaydi.

Dastur davomida talabalar mikro- va makroiqtisodiyot, moliya, buxgalteriya hisobi, statistika, ekonometrika va biznes-tahlil fanlarini o'rganadilar. Uchinchi kursdan boshlab talabalar bank, soliq yoki korporativ moliya ixtisosliklaridan birini tanlaydilar.

Amaliyot mahalliy banklar, soliq organlari va yirik korxonalarda o'tkaziladi. Bitiruvchilar iqtisodchi, moliyaviy tahlilchi, bank mutaxassisi va auditor sifatida faoliyat boshlaydilar.

  • Daraja: Bachelor
  • Davomiyligi: 4 yil
  • Study form: Kunduzgi
  • Ta'lim tili: O'zbek
  • Kontrakt narxi: 14 000 000 so'm / yil
  • Kafedra: Iqtisodiyot va boshqaruv kafedrasi
Dilshod Rahimov
Dilshod Rahimov
Kafedra mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, 18 yillik pedagogik tajribaga ega. 15 dan ortiq ilmiy maqola va 2 o'quv qo'llanma muallifi. Mikroiqtisodiyot, …

To'liq ma'lumot
Nilufar Yusupova
Nilufar Yusupova
Katta o'qituvchi (menejment va marketing)

Menejment magistri, 10 yillik amaliy va pedagogik tajribaga ega. Universitetgacha yirik savdo kompaniyasida marketing bo'limini boshqargan. Menejment asoslari, marketing va biznes-rejalashtirish fanlaridan dars beradi. Talabalar …

To'liq ma'lumot
Sherzod Qosimov
Sherzod Qosimov
Katta o'qituvchi (moliya va bank ishi)

Moliya magistri, ACCA F-darajasi sertifikatlari egasi. 8 yil tijorat bankida kredit tahlilchisi va bo'lim boshlig'i bo'lib ishlagan. Bank ishi, moliyaviy tahlil va soliq fanlaridan dars …

To'liq ma'lumot
Feruza Ismailova
Feruza Ismailova
O'qituvchi (buxgalteriya hisobi va statistika)

Buxgalteriya hisobi yo'nalishida magistratura tugatgan, 1C va xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) bo'yicha sertifikatlarga ega. Buxgalteriya hisobi, statistika va ekonometrika asoslaridan dars beradi. Darslari amaliy …

To'liq ma'lumot

Qabul uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- O'rta yoki o'rta maxsus ma'lumot to'g'risidagi hujjat (asl nusxa)
- Pasport yoki ID-karta nusxasi
- 3,5×4,5 o'lchamdagi 6 dona foto
- 086-U shakldagi tibbiy ma'lumotnoma

Ariza topshirish
  • Qabul qachon boshlanadi va tugaydi?

    Hujjatlar qabuli 15-iyundan 25-avgustgacha davom etadi. Kirish imtihonlari avgust oxirida o'tkaziladi.

  • Kontrakt narxi qancha?

    Kontrakt narxi yo'nalishga qarab farq qiladi — har bir yo'nalish sahifasida ko'rsatilgan. Aniq ma'lumot uchun qabul komissiyasiga murojaat qiling.

  • Imtihonlar qanday shaklda o'tkaziladi?

    Kirish imtihonlari test shaklida, filial binosida o'tkaziladi. Ayrim yo'nalishlarda qo'shimcha suhbat bo'lishi mumkin.

  • Sirtqi bo'lim bormi?

    Hozircha barcha yo'nalishlar kunduzgi shaklda. Sirtqi ta'lim rejalashtirilmoqda — yangiliklarni kuzatib boring.

Course Info

Bitiruvchilar banklar, moliya tashkilotlari, davlat idoralari va xususiy biznesda iqtisodchi, moliyachi va tahlilchi bo'lib ishlaydi. O'qish davomida talabalar amaliyotni real korxonalarda o'taydi.

Qisqa taqdimot

O'quv adabiyotlari

Principles of Economics

N. Gregory Mankiw

Economics

Paul Samuelson, William Nordhaus