Yangiliklar

2026/2027 o'quv yili uchun qabul boshlandi

09.08.2026 TIU Andijon axborot xizmati 1 comments 449

Toshkent xalqaro universiteti Andijon filialida 2026/2027 o'quv yili uchun hujjatlar qabuli rasman boshlandi. Abituriyentlar bakalavriatning oltita yo'nalishi bo'yicha hujjat topshirishlari mumkin: iqtisodiyot, xorijiy til va adabiyoti, axborot tizimlari, boshlang'ich ta'lim, psixologiya va turizm.

Ariza topshirishning ikki yo'li bor: saytimizdagi onlayn forma orqali yoki bevosita qabul komissiyasiga kelib. Onlayn ariza topshirgan abituriyentlar bilan qabul komissiyasi bir ish kuni ichida bog'lanadi.

Hujjatlar qabuli 25-avgustgacha davom etadi, kirish imtihonlari avgust oyining oxirida filial binosida o'tkaziladi. Imtihon natijalari e'lon qilingach, tavsiya etilgan abituriyentlar bilan shartnoma imzolanadi.

Savollar bo'lsa, qabul komissiyasiga +998 74 223-45-67 raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Galereya



Discussion

  • Abituriyent

    Assalomu alaykum! Hujjat topshirish uchun qaysi kunlari kelish mumkin?

    11.08.2026 Izoh qoldirish
    • TIU Andijon axborot xizmati

      Assalomu alaykum! Qabul komissiyasi dushanba-shanba kunlari 9:00-18:00 da ishlaydi. Ma'lumot uchun: +998 74 223-45-67.

      11.08.2026 Izoh qoldirish

Izoh qoldiring

Replying to: AbituriyentBekor qilish